logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Kurtua o'g'li qatnashgan turnirga tashrif buyurdi

 25 MART, 2024, 19:54

Jarohat olgan Tibo Kurtua "Real Madrid" tizimida o'ynaydigan o'g'lining turniriga tashrif buyurdi.

Relevo nashrining xabariga ko'ra, "Real Madrid" darvozabonining 7 yoshli o'g'li Madrid klub tizimiga kiruvchi klubda futbolchi sifatida ilk qadamlarini tashlamoqda. Nikolas yarim himoyachi sifatida o'ynaydi.

Kurtua futbol turnirida o'g'lini qo'llab-quvvatlash uchun kelgan. Belgiyalik darvozabonning borligi yig'ilganlar uchun ajablanib bo'ldi, u qo'ltiqtayoqda kelgan va vaqti-vaqti bilan og'riyotgan tizzasiga muz surtib turgan.

"U hamma bilan gaplashdi va juda yaxshi edi. U kirish va chiqishda uni to'xtatgan barcha odamlar bilan suratga tushdi.

So'ng tinchroq joyga, faqat tashkilot vakillari kirishi mumkin bo'lgan kichik xonaga yo'l oldi", — dedi yig'ilganlardan biri.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR