logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:54
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

O'zbekistonda mahalla terma jamoalari tashkil qilinadi hamda maktablarda futbol etakchisi tanlab olinadi

 25 MART, 2024, 18:48

O'zbekistonda “mahalla terma jamoa”lari tashkil qilinadi hamda maktabda futbol etakchisi tanlab olinadi.

Bu haqda “Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog'ini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risidagi” Prezidentning PQ-136-son qarorida ko'zda tutilgan.

Hujjatga ko'ra, mahalladagi yoshlar etakchisiga qo'shimcha vazifalar yuklanadi va u futbol bo'yicha sport inshootlaridan tizimli va samarali foydalanishini tashkil qilib beradi. Bundan tashqari yoshlar etakchisi futbol bo'yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni musobaqalarga tayyorlashni tashkil etadi.

Prezident qaroriga ko'ra, Sport vaziri (A. Ikramov) ikki oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyulidagi PQ-245-son qarori bilan tasdiqlangan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida g'olib va sovrindor bo'lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo'lmagan mahallalarda universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini 2030-yilga qadar tashkil qilishning umumiy parametrlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritadi.

Bundan tashqari, O'zbekiston futbol assoitsatsiyasi, Sport vazirligi va O'zbekiston mahallalar uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent Shahar hokimliklari bilan birgalikda 12-15 yosh toifalari o'rtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” va 16-30 yosh toifalari o'rtasida uch bosqichli DXX kubogi musobaqalarini o'tkazish tizimini yo'lga qo'yishi ko'zda tutilgan.

“Mahalla liga”si musobaqalarida o'z iqtidorini namoyon etgan eng iqtidorli futbolchi yoshlarni saralab olish orqali hududiy futbol va sport maktablari hamda futbol akademiyalariga yo'naltirib borish tizmi yo'lga qo'yiladi.

Qayd etilishicha, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi birgalikda 2024-yildan boshlab 8-11-sinf o'quvchilari orasidan bir nafar futbol etakchisini tanlab olish tizimini yo'lga qo'yadi. Futbol etakchisi o'zlari tahsil olayotgan ta'lim muassasasining musobaqalarda qatnashishi bilan bog'liq masalalarda sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo'yicha o'rinbosariga ko'maklashadi.

Qarorga ko'ra, ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga Sport vaziri A.Ikramov hamda O'zbekiston futbol assotsatsiyasi raisi A.Azizov mas'ul qilib belgilangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR