logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:39
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

O'zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi: “Xavotir yo'q, lekin bepisandlik bilan yondashishimiz ham mumkinmas”

 25 MART, 2024, 16:12

Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi JCh—2026 saralashi doirasida Gongkongga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 26-mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi.

O'yin oldidan O'zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz barchamiz terma jamoaga ishonamiz, butun o'zbek xalqi ham jamoaga ishonadi. Ertaga kerakli natija uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirishga harakat qilamiz.

Birinchi o'yinda yaxshi o'yin ko'rsata oldik, umid qilamanki, ertaga ham g'alaba qozonamiz. Raqiblarimizni hurmat qilamiz. Xavotir yo'q, lekin bepisandlik bilan yondashishimiz ham mumkinmas.

Bizda qisqa muddat ichida bir jamoaga qarshi o'ynash tajribasi bo'lmagandi. Lekin motivatsiyaga bog'liq hammasi. Biroq motivatsiya keragidan ortiq bo'lsa qo'shimcha bosim ham bo'lishi mumkin. Me'yorida kerak bo'ladi.

Albatta, biz Katanes bilan doimiy aloqadamiz. Ketishidan oldin ham o'yinni tashkil etish yuzasidan gaplashib olgandik. Ertaga ham to'liq aloqada bo'lib, maslahatlashib turamiz.

4 ta himoyachi yoki 5 ta himoyachi bilan o'ynashda qanot futbolchilarining funktsiyasi biroz boshqacharoq. Bizning rejaga ko'ra, Aziz himoyada ham, hujumda ham, yarim himoyada ham faol ishtirok etadi.

Ertaga bosh murabbiy bilan qanday taktikada o'ynash haqida gaplashib olamiz", dedi Vlado Radmanovich.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR