logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:19
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Chelsi" va "Arsenal"ning sobiq himoyachisi Eshli Koul APL shon-shuhrat zaliga kiritildi

 25 MART, 2024, 14:54

"Arsenal" va "Chelsi" klublarining sobiq futbolchisi Eshli Koul Angliya Premer-ligasining Shon-sharaflar zaliga kiritildi. Bu haqda Premer-liga matbuot xizmati xabar berdi.

Koul 2024 yilda Shon-sharaf zaliga kiritilgan birinchi futbolchi bo'ldi. Eshli "Arsenal" tarbiyalanuvchisi, ingliz futbolchisi 1998 yilda "kanonirlar" safida debyut qilgan. 2006 yilda Koul "Chelsi"ga o'tdi va 2019 yilda "Derbi Kaunti" futbolchisi sifatida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Eshli "Arsenal" a'zosi sifatida ikki marta Angliya Premer-ligasida g'olib chiqdi va mamlakat kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi. "Chelsi" bilan himoyachi Angliya chempionligini ham qo'lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar ligasi va Evropa ligasida g'olib chiqdi.

Angliya Premer-ligasining Shon-sharaf zali 2021 yilda tashkil etilgan va Premer-ligada o'ynagan taniqli futbolchilarga bag'ishlangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR