logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:46
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Barella ilk bor Italiya milliy jamoasi sardori bo'ldi

 25 MART, 2024, 05:12

"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella o'z faoliyatida birinchi marta Italiya terma jamoasida sardorlik bog'ichini oldi. U jamoa safida 52 ta o'yin o'tkazgan.

Terma jamoa Ekvadorga qarshi o'yinda 2:0 hisobida g'alaba qozondi, Barella bitta gol urdi.

Eslatib o'tamiz, an'anaga ko'ra sardorlik bog'ichlari milliy terma jamoada asosiy tarkibda eng ko'p o'yin o'tkazgan kishiga beriladi. Ayni paytda bu darvozabon Janluiji Donnarumma - 60 ta o'yin.

Donnarumma dam olgani va uning o'rnida Londonning "Tottenxem" klubi darvozaboni Gulelmo Vikario o'ynagani uchun Barella sardor bo'ldi.

Nikolo "Arsenal" yarim himoyachisi Jorjinodan bir marta ko'proq o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR