logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:12
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Zommer Shveytsariya terma jamoasi bazasini tark etdi

 25 MART, 2024, 04:54

Shveytsariya terma jamoasi va Milanning "Inter" klubi darvozaboni Yan Zommer jarohati sabab terma jamoani tark etdi. Bu haqda La Gazette Dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Zommer "Inter"ga qaytadi va u erda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Ma'lumotlarga ko'ra, darvozabonning o'ng to'pig'i qayrilgan. Terma jamoada Zommer o'rniga Myonxengladbaxning "Borussiya" klubidan Yonas Omlin keladi.

Eslatib o'tamiz, Yan Zommer Shveytsariya terma jamoasi va Daniya terma jamoasi o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi. Darvozabon burchak zarbasi vaqtida to'pig'idan jarohat oldi va 37 daqiqa o'tib almashtirildi. Uchrashuv durang bilan yakunlandi - 0:0.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR