logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:18
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ayollar futbolida "Barsa" gegemon

 25 MART, 2024, 01:00

"Barselona" ayollar jamoasi "Real Madrid" ustidan g'alabali seriyasini davom ettirdi.

Bugun madridliklar Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida o'z maydonida "ko'k-anorranglilar"ga yirik 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. Fridolina Rolfe, Aytana Bonmati va Karolin Xansen bittadan gol urishdi.

Bu "Barsa"ning ayollar jamoalari o'rtasidagi "Real"ga qarshi 14 uchrashuvdagi 14-g'alabasi.

La Liganing ayollar o'rtasidagi turnir jadvalida "Barsa" 61 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. “Real” 49 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR