logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:54
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

JCh-2026. KXDR-Yaponiya o'yini o'tkazilmaydi va koreyaliklarga texnik mag'lubiyat yoziladi

 24 MART, 2024, 20:06

Osiyo mintaqasida JCh-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan Shimoliy Koreya va Yaponiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs o'tkazilmaydigan bo'ldi. FIFA shunday qaror qabul qildi.

Boisi, KXDR tomoni uchrashuvni o'z maydonida qabul qilishdan bosh tortdi va zaxira variantini taqdim eta olmadi. O'yinni boshqa muddatga ko'chirish uchun esa xalqaro taqvimda bo'sh vaqt yo'q.

Shuning uchun mazkur o'yin butunlay bekor qilindi va uchrashuv taqdirini hal qilish uchun ish FIFA tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi. Katta ehtimol bilan KXDRga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yoziladi. Bu haqda "Futbolium" telegram kanali xabar tarqatdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR