logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Aguero: "Maydonga qaytishni xohlayman"

 24 MART, 2024, 19:36

"Barselona"ning argentinalik sobiq hujumchisi Serxio Aguero futbolchilik faoliyatini "Independiente"da davom ettirishni xohlaysizmi degan savolga javob berdi. Eslatib o'tamiz, 2021 yilda Aguero yuragi bilan bog'liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgan.

"Albatta, maydonga qaytishni xohlayman, lekin odamlar men haqimda tashvishlanishlarini istamayman. Birinchidan, sog'lig'imni yaxshilashim va bir nechta turnirlar o'tkazishim kerak. Keyin qanday qaror qabul qilish haqida o'ylayman", - deya Agueroning so'zlarini keltirmoqda TyC Sports.

Agueroning oxirgi jamoasi "Barselona" edi. Jamoa tarkibida forvard beshta o'yinda maydonga tushdi va bitta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR