logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:33
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Inesta 3,5 million evro soliq to'lagan

 24 MART, 2024, 19:00

Birlashgan Arab Amirliklarida o'ynayotgan yarim himoyachi Andres Inesta Yaponiyadagi soliq qarzini to'ladi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Avvalroq, 39 yoshli futbolchining Yaponiyadan uch yarim million evro soliq qarzi borligi haqida ma'lumot paydo bo'lgandi. Eslatib o'tamiz, Inesta 2018 yildan 2023 yilgacha Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasida o'ynagan.

Yaponiya jamoasi tarkibida ispaniyalik yarim himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 134 ta uchrashuvda qatnashib, 26 ta gol urgan va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR