logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:17
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Manchester Yunayted" egalari Erik ten Xag o'rniga 9 ta nomzodga ega. Nomzodlar ichida uchta APL murabbiyi bor

 24 MART, 2024, 17:54

"MYu" egasi Ser Jim Retkliff ten Xag o'rniga Garet Sautgeytni olib kelmoqchi edi. Ammo Angliya termasi ustozi bu ishga qiziqmayotganini omma oldida e'lon qildi. Shunga qaramay, "qizil iblislar" rahbariyatida boshqa nomzodlar bisyor. Xabarlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" naq 9 ta murabbiy nomini ko'rib chiqmoqda. Ro'yxat bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

"ESPN" nashri bergan ma'lumotda aytilishcha, ro'yxat avvalida "Brayton" va "Chelsi"ning sobiq menejeri Grem Potter keltirilgan. Potterning "Brayton"dagi o'rinbosari Roberto De Zerbi ham radarda turibdi. Shuningdek, "Brentford" ustozi Tomas Frank nomi ham qayd etib o'tilgan.
"Bavariya"ni mavsum oxirida tark etishi kutilayotgan Tomas Tuxel APLga qaytishi mumkin. Qolaversa, Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann ham ro'yxatda bor.
"Real"da ishlab ketgan Yulen Lopetegi hamda Zayniddin Zidan varianti "MYu" rahbariyatining oldida turibdi. "Sporting" murabbiyi Ruben Amorim nomi ham yo'q emas.

"ESPN" nashrining ta'kidlashicha, "MYu" o'zining "tajovuzkor ishga olish siyosati"ni davom ettirsa, "Tottenxem" Anje Postekogludan ayrilib qolishi mumkin. Bu ehtimol haqiqatga yaqin. Negaki, "qizil iblislar" aktsiyadori Retkliff yaqindagina "Manchester Siti"dan Omar Berradani olib kelib, uni klub ijrochi direktori lavozimiga tayinladi. Shuningdek, tez orada "Nyukasl" vakili Den Eshvurt "MYu"ga sport direktori sifatida olib kelinishi aytilmoqda.

"Manchester Yunayted"ni boshqarishni rad etgan Garet Sautgeyt bu haqida shunday degan edi: "Mening qarashlarimga ko'ra, bu erda ikkita variant bor. Birinchisi men Angliyani boshqarishni davom ettirib, jamoani Evropa chempioni qilishga harakat qilaman. Ikkinchidan esa "MYu"ning murabbiyi bor. Uning oldida bunday fikrlar aytish, hurmatsizlik sanaladi. Qolaversa, men liga menejerlari ittifoqining prezidentiman. Shunday ekan, men Angliyani boshqarmasamda, o'zimni ishim o'zimga etarli bo'ladi".
Eslatib o'tamiz, "MYu" navbatdagi turni "Brentford" bilan mehmonda o'tkazadi.

 

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR