logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Shomurodov dushanba kuni «Kalyari» uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

 24 IYUL, 2023, 00:33

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovning "Kalyari"ga o'tishi deyarli hal bo'ldi. Tomonlar ushbu transfer borasida kelishuvga erishishdi.

O'zbekistonlik futbolchi 24 iyul, dushanba kuni yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng Eldor "Kalyari" bilan shartnoma imzolab, Klaudio Raneri qo'lostidagi jamoa mashg'ulotlariga qo'shiladi.

"Kalyari" Shomurodovni keyinchalik sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga oladi. 28 yoshli futbolchining o'zi bilan esa 1+3 ko'rinishda shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR