logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:03
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

CAFA Futsal Cup 2023. O'zbekiston terma jamoasi 6 ta gol urilgan o'yinda Tojikistonni mag'lub etdi

 24 IYUL, 2023, 00:00

Tojikistonda CAFA Futsal Cup 2023 musobaqasi start oldi. O'zbekiston futzal terma jamoasi dastlabki turda mezbonlarga qarshi bahs yuritdi.

Uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. O'zbekiston safida Dilshod Rahmatov, Husniddin Nishonov, Akbar Usmonov va Hamroev o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, Tojikistonning gollariga Fayzali Sardorov hamda Dilshod Salomov muallif bo'ldi.

O'zbekiston keyingi o'yinini 24 iyul kuni Afg'onistonga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan 17:00 da start oladi.

CAFA Futsal Cup 2023
1-tur bahsi
O'zbekiston — Tojikiston 4:2
Gollar: 1:0 – 16 Dilshod Rahmatov, 2:0 – 18 Husniddin Nishonov, 2:1 – 20 Fayzali Sardorov, 3:1 – 24 Akbar Usmonov, 3:2 – 25 Dilshod Salomov, 4:2 – 33 Ilhom Hamroev.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR