logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:27
KirishA'zo bo'lish
Solari Iskoni nega o'ynatmaganiga izoh berdi

16 DEKABR, 19:44 299

«Real» klubi bosh murabbiyi Santyago Solari nima uchun Isko 16-tur doirasida «Rayo Valekano»ga qarshi o'yinda (1:0) zaxira o'rindig'ida qolganiga izoh berdi.

«Men barcha futbolchilar o'zlarini yaxshi his qilishlari va ishga sadoqat bilan yondashishlarini istayman. Tarkib tanlashda ham, futbolchilarni almashtirishda ham xato qilmaslikka urinaman. Mening ishim shu.

Marko Asensio o'rniga Daniel Sebalosni tushirishimning sababi Marko charchagandi. Keyin yarimhimoyani mustahkamlash uchun uchun Federiko Valverdeni tushirdim. Zaxiradagi yagona hujumchi Vinisius Junior Karima Benzemani almashtirdi», — deya Solarining so'zlarini keltirgan Marca.

Bundan avvalroq Solari va Isko munosabatlari buzilgani to'g'risida xabarlar tarqalgandi. Ayrim malumotlarga ko'ra, «Real» murabbiylari futbolchi ko'richagini oldirganidan keyin ortiqcha vazn to'plaganidan norozi. Futbolchi Ispaniya chempionatining 13-turida «Eybar»ga qarshi kechgan va 0:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlangan o'yindan keyin bosh murabbiyning qo'l tashlashini inkor qilgandi.

EChL guruh bosqichining 6-turida TsSKAga qarshi kechgan va 0:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan tugagan o'yinda esa Isko tribunadagi muxlislar bilan ziddiyatga borgandi.

Shu kunlarda Marca nashri Iskoning «Real»dagi faoliyati yakuniga etib qolgani haqida material elon qildi. Xabarda Madridga Isko o'rniga «Chelsi»dan Eden Azar kelishi haqida aytilgan.

«Rayo Valekano»ga qarshi o'yin arafasida «qaymoqranglilar» jamoasi prezidenti Florentino Peres Solaridan Isko bilan munosabatlarni yaxshilashni so'ragani malum bo'lgandi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 7
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 18