logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:56
KirishA'zo bo'lish
Reklamalar uchun uzr so`raymiz,
Saytga a`zo bo`lsangiz reklamalar ko`rinmaydi!
«Bavariya» Fransiya chempionatining uch yulduzi uchun 140 mln evro sarflashi mumkin

 11 DEKABR, 11:37 159

«Bavariya» FranTsiya transfer bozorini kuzatishda davom etmoqda.

France Football`ning yozishicha, myunxenliklar hamon «Marsel» yarimhimoyachisi Florian Tovenga ko'z tikishmoqda. 25 yoshli o'yinchi o'z jamoasi Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, u erdan ketishi taxmin qilinmoqda. Tovenning transfer qiymati 45 mln evroga baholanyapti.

Shu bilan birga, «Bavariya» «Lill» vingeri Nikolya Pepega ham davogarlik qilmoqda. Germaniya chempionining nazdida 23 yoshli hujumchi yozda jamoani tark etadigan Aren Robben va Frank Riberiga o'rinbosar bo'la olishi mumkin. Pepening narxi 60 mln evro bo'lishi kutilmoqda.

«Bavariya» bundan tashqari «Lion» xavbeki Nabil Fekirga ham befarq emas. Nemislar klubda ijara asosida to'p surayotgan Xames Rodriges «Real»ga qaytishi ehtimolini hisobga olib, Fekirni zaxira varianti sifatida belgilab olishgan. Transfer 40 mln evroga baholangan.

Shu tariqa, «Bavariya» kelasi yil yozda 140 mln evrolik xaridlarni amalga oshirishi mumkin.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 42