logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:46
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
Patrik Vieyra: «Balotellini osib qo'ygim keladi»

 16 DEKABR, 17:46 238

«NiTsTsa» bosh murabbiyi Patrik Vieyra jamoa hujumchisi Mario Balotellining xatti-harakatlariga baho berdi.

«Marioga javob qaytarishni, uni devor tomonga yopishtirib qo'yishni yoki yoqasidan osib qo'yishni istayman. Ammo bunday qila olmayman, endi men futbolchi emasman.

Men kimgadir nima deyishdan oldin ikki marta o'ylab olishim kerak. Chunki gaplarim jamoaga tasir qilishi, yaxshi futbolchini yo'qotishim mumkin bo'ladi.

Men keyin gaplarim uchun afsuslanmasligim kerak bo'ladi. Men o'z izohlarimda ehtiyotkor bo'lishim kerak», – degan Vieyra.

Shu oy boshida «NiTsTsa»ning «Gengam»ga qarshi o'yini vaqtida Mario Balotelli o'zini almashtirgani uchun murabbiy Patrik Vieyradan norozi bo'lgani va uning oldidan o'ta turib, qo'lqopini jahl bilan echib erga urgani videosi tarqalgandi.

Qayd etish kerakki, ayni vaqtda 28 yoshda bo'lgan Mario Balotelli hali hech bir chempionatda 3 mavsumdan ortiq qolmagan: «Inter»da ham, «Manchester Siti»da ham 3 mavsumdan o'ynagan.

Joriy mavsum avvalida «NiTsTsa»ni Balotelli bilan yaxshi munosabat o'rnata olgan murabbiy Lyusen Favr tark etgan va Dortmundning «Borussiya» klubi safiga yo'l olgandi.

Balotelli yozgi transferlar vaqtida «Marsel»ga o'tishi kutilgan, ammo «NiTsTsa» rahbariyati uni qo'yib yubormagandi. Futbolchi klubning mavsumoldi yig'iniga 2 hafta kechikib keldi. Bundan tashqari, u ortiqcha vazn to'plagandi - norma 88 kg bo'lgani holda, 100 kg.

«Mario hamisha Marioligicha qoladi. U klubga sadoqatini namoyish etishga harakat qilmoqda; u yana harakat qilishi kerakligini biladi. Unga yaxshiroq o'ynashiga bir necha kilo xalaqit bermoqda. Ortiqcha vazndan qutulish uchun u yana mashg'ulotlar o'tkazishi kerak», – degandi Favr o'rniga kelgan Patrik Vieyra.

Mario Balotelli joriy mavsumda FranTsiya chempionatining 10 o'yinida maydonga tushdi va bitta ham gol ura olmadi. U darvozalarga jami 33 marta zarba bergan, samaradorlik ko'rsatkichi nolga teng. Shu bilan birga, 5 marta sariq kartochka olgan. Taqqoslash uchun, u o'tgan ikki mavsumda jami 44ta golga muallif bo'lgandi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR