logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:52
KirishA'zo bo'lish
Reklamalar uchun uzr so`raymiz,
Saytga a`zo bo`lsangiz reklamalar ko`rinmaydi!
Mourino Saloh haqida gapirdi

 16 DEKABR, 17:45 194

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh haqidagi fikrlarini bayon etdi.

Saloh bir muddat «Chelsi»da, portugaliyalik mutaxassis qo'li ostida to'p surgan, ammo Mourino uni asosiy tarkibga kiritmagandi. Misrlik futbolchi London klubi safida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urgandi. 2015 yilda u «Fiorentina»ga ijaraga berilgan, 2015/16 yilgi mavsumni «Roma»da o'tkazgan, keyinroq rimliklar klubi uning transfer huquqini sotib olgandi.

«Menimcha, Saloh barcha tomonlama rivojlandi. Uning jismoniy ko'rsatkichlari qanchalik o'zgarganini ko'rishimiz mumkin. Saloh avval tezkor, shu bilan birga nimjon yigitcha edi. Hozir esa u ham tezkor, ham kuchli.

U o'shanda ShveyTsariyadan («Bazel») Angliyaning katta klubiga [«Chelsi»] kelgan, lekin APLga ruhiy jihatdan moslasha olmagandi.

Endi u mutlaqo boshqa futbolchi, u «Bazel»dan «Chelsi»ga kelgan yosh iqtidor emas, etuk futbolchi. O'shanda Saloh istiqbolli futbolchi edi, hozir esa jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

Men o'shanda uni o'zimga katta yordam bera oladi deb o'ylamagandim. Men uning istiqbolli futbolchi ekanini bilardim, endi u haqiqatanam katta futbolchiga aylandi», – deya Mourinoning so'zlarini keltirgan manchesterliklar klubi rasmiy sayti.

Bugun «Manchester Yunayted» APLning 17-turi doirasida «Liverpul» mehmoni bo'ladi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 31