logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:40
KirishA'zo bo'lish
«Arsenal» safar o'yinlarida kamida 2ta dan gol urib kelmoqda

16 DEKABR, 17:44 100

«Arsenal» bugun APLning 17-turi doirasida «Sauthempton» mehmoni bo'ladi.

Etiborli jihati, Unai Emeri shogirdlari bu mavsumda safar uchrashuvlarini muvaffaqiyatli o'tkazmoqda. Barcha turnirlar doirasida 22 uchrashuvdan buyon mag'lubiyat neligini bilmay kelayotgan «kanonirlar» joriy mavsumda shu vaqtgacha APL doirasida o'tkazilgan 7ta safar uchrashuvda kamida 2tadan gol urgan (2-turda «Chelsi»ga 2:3 hisobida mag'lub bo'lingan, «Kardiff Siti» 3:2, «Nyukasl» 2:1, «Fulhem» 5:1, «Bornmut» 2:1 hisoblarida mag'lub etilgan, «Kristal Pelas» va «MYu»ga qarshi o'yinlarda 2:2 hisobidagi durang natijalar qayd etilgan).

«Sauthempton»ga qarshi o'yindan oldin londonliklar ustozi Unai Emeri o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Biz mavsum boshida yaxshi o'ynadik, lekin hozir sal bo'shashdik va turnir jadvalida beshinchi o'rindamiz. Biz ko'prog'ini istaymiz. Biz kuchli to'rtlik ichida bo'lishni istaymiz. Bizning o'z yo'limiz bor. Bu yo'lda futbolchilar ham, murabbiylar ham birdek harakatlanishi zarur. Har kim o'z g'oyalarini taklif etishi mumkin. Jamoa kundan-kunga kuchayishi, futbolchilar klubga sadoqatlarini namoyish etishlari zarur», degan murabbiy.

«Arsenal» ayni vaqtda 16 o'yinda 34 ochko to'plagan holda beshinchi o'rinda bormoqda. Jamoa to'rtinchi o'rindagi «Chelsi» bilan bir xil ochko to'plagan, faqat qo'shimcha ko'rsatkichlar tufayli orqada qolgan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25