logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:43
KirishA'zo bo'lish
Super to'qnashuvni o'tkazib yubormang!

16 DEKABR, 13:43 221

Super to'qnashuvni o'tkazib yubormang! Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21-00 da APL ninig 17 tur markaziy uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bu o'yinda «Liverpul» «Man Yunayted»ni qabul qiladi. Bu chrashuv arafasida «Liverpul» turnir peshqadami sifatida 1 –o'rinda bormoqda. «Man Yunayted» esa 6 o'rinda ilinib turibdi. Bu mavsum «Liverpul» hammadan kamroq to'p o'tkazib yuborib himoyada mustahkam turibdi.

«Qizil iblislar» esa darvozalaridan naqd 26 ta to'p olib chiqishga ulgurishdi. Kloppning “Liverpul"lida ko'pchilik mutaxasislar progress kuzatilayotganini qayd etishmoqda. «Manchester Yunayted» da esa aksi. Jamoa tobora pastga sho'ng'imoqda. Bugungi uchrashuvning asosiy qiziqish uyg'otadigan hodisalardan biri ikki printsipial raqiblar o'rtasida kechadigan juda ham qiziq match. Bu o'yinni o'tkazib yubormang.

Ko'pchilik evro'pa nashrlari bugungi o'yinda g'alaba qozonish imkoniyati mezbonlarda 70% mehmonlarda esa 30% dea baholashmoqda. Lekin shaxsan men bu fikirga qo'shilmagan bo'lardim. Chunki «Napoli» bilan kechgan og'ir uchrashuvdan so'ng «Liverpul» da biroz hotirjamlikga berilish kuzatilsa ajab emas.

Ustiga –ustak Mourinyo grand jamoalarni engishni hush ko'radigan piyarga o'ch murabbiylar sirasiga kiradi. U bu mavsumda achkoni deyarli o'rtamiyona jamoalar bilan o'yinda yo'qotmoqda. Lekin mavsumning endi yarmiga kelayotganini hisobga olsak,hali «Yunayted» da ham imkoniyat bor. Qisqacha qilib aytganda hamma ishingizni soat 21-00 gacha bitiring va APL ning shidatli tomosha bop o'yinidan zavq oling!

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 13