logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:31
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
O‘FA vakillari "Inter" prezidenti Stiven Chjen bilan uchrashishdi

 16 DEKABR, 13:28 143

Etakchi klublar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.

Xabaringiz bor bundan avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro boshqarma boshlig‘i Diyor Isametdinov va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov Italiyaning Milan shahrida "Inter" klubi akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.

O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra kecha vakillarimiz Milan shahrida "Inter" klubi direktori Stiven Chjen bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirish, bu borada o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha "Inter" klubi bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Stiven Chjen 26 yoshda bo‘lib, Xitoyning "Suning" kompaniyasi rahbari. "Inter" klubi tarixidagi eng yosh prezident hisoblanadi. U uchrashuv davomida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu boradagi ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanini ham aytib o‘tdi.

Shuningdek, O‘FA vakillari Diyor Isametdinov va Olim Arifov "Inter" klubi vitse-prezidenti, klubning afsonaviy futbolchisi Xaver Zanetti bilan ham uchrashishdi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR