logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:32
KirishA'zo bo'lish
"Roma" ukrainalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

16 DEKABR, 13:25 135

"Roma" Belgiyaning "Genk" klubi yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiyga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Footboom tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli ukrainalik futbolchining transferiga shaxsan rimliklar sport direktori Ramon Monchi qiziqib qolgan. Buning uchun ular “Genk”ga taxminan 11-12 mln evro taklif qilishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Malinovskiyni A Seriyaning boshqa bir grandi – “Milan” ham sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Malinovskiy joriy mavsum “Genk”safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 22