logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:37
KirishA'zo bo'lish
Tomas Myuller Bundesligadagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

16 DEKABR, 13:06 116

U chempionatdagi 300-o‘yinida maydonga tushdi.

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Tomas Myuller kecha Bundesliganing 15-turida "Gannover"ga (4:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Qayd etish lozimki, bu 29 yoshli futbolchi uchun Germaniya chempionatidagi 300-o‘yin bo‘ldi.

“Juda ko‘p muammolarga duch kelgan o‘yinlarimiz ham bo‘ldi, ammo bugun biz raqibga hech qanday imkon qoldirmadik. Biz raqib jamoa qarshi hujumga o‘tmasidan oldin ularni yopishga muvaffaq bo‘ldik. Bo‘lajak o‘yinlarda ham xuddi shunday harakat qilishni xohlaymiz”, -deydi Myuller.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” ayni damda 30 ochko bilan musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Ularning peshqadam “Borussiya” Dortmund bilan oralaridagi farq 9 ochkoni tashkil etadi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 24