logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:42
KirishA'zo bo'lish
Ikardi: A Seriyadagi muvaffaqiyat Chempionlar ligasidan chiqib ketganimizni unutishga yordam beradi

16 DEKABR, 13:03 123

Ular endi bor e’tiborlarini ichki chempionatga qaratishadi.

Milanning “Inter” klubi forvardi Mauro Ikardi kecha “Udineze” (1:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Biz seshanba kuni sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng o‘zimizga kelib olishmiz kerak edi. O‘sha o‘yindan so‘ng biz juda ham ranjidik, ammo, hali A Seriyada g‘olib chiqish imkoniyatlarimiz borligini bilgandik.

Bo‘lajak o‘yinlardagi g‘alabalar bizga Chempionlar ligasidan chiqib ketganimizni unutishga yordam berishi mumkin. Yilni imkon qadar yaxshiroq natijada yakunlashga harakat qilamiz”, -deydi argentinalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi g‘alabadan so‘ng “Inter” A Seriya musobaqa jadvalidagi 3-o‘rnini saqlab qoldi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 19