logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:14
KirishA'zo bo'lish
Emeri «Arsenal» mavsumni yaxshi o‘tkazayotganini yetarli emas deb hisoblamoqda

16 DEKABR, 12:59 132

«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri hozircha jamoasining natijalaridan to‘liq qoniqish hosil qilmayotganini ta’kidlab o‘tdi.

«Bizga katta yutuqlar kerak. Mavsumni yaxshi boshladik, ammo hozir jadvalda bor-yo‘g‘i beshinchi o‘rinni egallab turibmiz. Bizning maqsadimiz — kuchli to‘rtlikka kirish.

Jamoa o‘z yo‘lidan ketmoqda va tobora yaxshi o‘ynashda davom etmoqda, ammo bizga ko‘prog‘i kerak. Vazifamiz shundan iboratki, murabbiylar va futbolchilar birgalikda o‘rganishda davom etishimiz kerak. Har birimiz yangi g‘oyalarni taklif qilishimiz mumkin.

«Arsenal» asta-sekinlik bilan kuchayib bormoqda. Futbolchilar ham har bir o‘yinga sidqidildan yondashishmoqda», — dedi Emeri.

«Arsenal» APLning navbatdagi tur bahsini bugun «Sautgempton»ga qarshi safarda o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:30da start oladi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25