logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:33
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Chelsi" posboni "Bavariya" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi

 12 AVGUST, 2023, 11:55

"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga "Bavariya" bilan printsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, Kepa Arrisabalaga ispaniyalik darvozabonni ijaraga olish bo'yicha "Chelsi" bilan muzokara olib borayotgan "Bavariya"ga o'tmoqchi. Ma'lum qilinishicha, ijara shartnomasi futbolchiga bo'lgan huquqlarni sotib olish huquqini o'z ichiga oladi. Shu tariqa, "Bavariya" klubni tark etgan darvozabon Yann Zommerni almashtirmoqchi.

Oldinroq, myunxenliklar jamoasi bosh murabbiyi ispaniyalik posbon bilan "Chelsi"dagi faoliyatidanoq tanish bo'lgan Tomas Tuxel Arrisabalagani "Bavariya" rahbariyatiga taklif qilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

28 yoshli Kepa Arrisabalaganing "Chelsi" bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR