Kolo-Muani Frantsiyaga qaytishga yaqin turibdi
12 AVGUST, 2023, 10:55
Frankfurtning «Ayntraxt» klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani Frantsiyaga qaytishga yaqin turibdi.
Nemis klubi uzoq vaqt davomida 24 yoshli futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortdi va unga da'vogar klublardan 100 million evro so'radi, biroq u «PSJ» va Evropa futbolining boshqa gigantlari qiziqishi ostida ketish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
Jurnalist Patrik Bergerning so'zlariga ko'ra, «PSJ» hujumchi sotib olish bo'yicha ish bilan faol shug'ullangan va «Ayntraxt» o'z etakchisining ketishi muqarrarligi sababli frantsiyalik futbolchiga o'rinbosar qidirmoqda.
Randal Kolo-Muani Frankfurtning «Ayntraxt» klubi safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq futbolchi «Nant»da o'ynagan.