logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:50
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Zair-Emeri: «Butun faoliyatimni shu erda o'tkazishni orzu qilaman»

 12 AVGUST, 2023, 10:22

«PSJ» yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri Parij klubidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Menga doim «PSJ» yoqqan. Men klubga juda yoshligimda qo'shilganman va barcha bosqichlarni bosib o'tganman.

Umid qilamanki, bu uzoq davom etadi. Men butun faoliyatimni shu erda o'tkazishni orzu qilaman», – dedi futbolchi.

Avvalroq, 17 yoshli frantsiyalik futbolchiga «Borussiya», «Manchester Siti» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

2022/23 yilgi mavsumda Zair-Emeri asosiy jamoa tarkibida 31 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan. «PSJ» bilan shartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR