logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:27
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Grinvudga hali bazada ruxsat bermadi

 12 AVGUST, 2023, 10:22

Hujumchi Meyson Grinvudning «Manchester Yunayted»dagi kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.

ESPN jurnalistlarining yozishicha, «qizil iblislar» rahbariyati 21 yoshli futbolchining taqdirini yaqin vaqt ichida hal qilmaydi. Sud hukmi bilan tanishtirishni keyinroq muddatga qoldirishga qaror qilindi.

Eslatib o'tamiz, Grinvud zo'ravonlik ayblovlari tufayli jamoadan chetlatilgan edi. Hujumchiga nisbatan qo'zg'atilgan jinoiy ish fevral oyida yakunlangan, biroq futbolchi haligacha jamoa tarkibiga qaytarilmagan. U individual ishlaydi.

«Manchester Yunayted» yangi mavsumni 14 avgustga belgilangan «Vulverxempton»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR