logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:45
KirishA'zo bo'lish
«Chelsi» Sterlingni tahqirlagan to'rt nafar fanatga nisbatan zamonaviy sanktsiya kiritdi

11 DEKABR, 09:14 142

.

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rahim Sterlingga nisbatan irqchilik munosabatida bo'lgan to'rt nafar «Chelsi» muxlisi «ko'klar»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan foydalana olmaydigan bo'ldi. Holat shanba kuni APL 16-turi doirasida kechgan ikki klubning o'zaro o'yini vaqtida sodir bo'lgan edi.

«Hodisa bo'yicha o'z tekshiruvimizni davom ettiramiz. Bu borada poliTsiya bilan ham hamkorlik qilamiz va o'zimizda mavjud barcha malumotlarni ularga taqdim etamiz.

«Chelsi» diskriminaTsiyaning har qanday ko'rinishini razillik deb hisoblaydi. Klub bunga yo'l qo'ygan har qanday muxlisga nisbatan sankTsiya kiritadi, hatto o'yinlarga kirishini taqiqlashgacha borishi mumkin. Biz, shuningdek, bunday kishilarga nisbatan tergovni ham qo'llab-quvvatlaymiz», - «Chelsi» rasmiy saytida elon qilingan bayonotda.

.

Eslatib o'tamiz, londonliklar tomonidan irqchilik bilan tahqirlangan Sterling uchrashuvdan so'ng instagramda voqeaga munosabat bildirib, ommaviy axborot vositalarini bu illatning tarqalishida ayblagan edi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21