logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:13
KirishA'zo bo'lish
A Seriya. "Yuventus" g'alaba qozonib, top-5 chempionatlardagi eng yaxshi startni takrorladi

16 DEKABR, 06:43 240

16 uchrashuvning 15 tasida muvaffaqiyatga erishgan "keksa senora" taqibchilaridan ancha ilgarilab ketdi.

Uchrashuvdagi yagona gol etmishinchi daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritildi.

Ushbu g'alaba Massimiliano Allegri jamoasi uchun A seriyadagi ketma-ket ettinchi muvaffaqiyat bo'ldi. Joriy mavsumda turinliklar Italiya chempionatida 16 turda 15 ta g'alaba va 1 ta durrang natija qayd etishdi. Bu natija Evropaning top-5 chempionatlarda eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Bungacha, "Tottenhem" (1960/61), "Barselona" (2012/13) va "Manchester Siti" (2017/18) jamoalari 16 turda 46 ochko to'plab mavsumning eng yaxshi startini amalga oshirishgan edi.

Torino – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)

"Olimpiko di Torino"

Gol: 0:1 – 70, penalti Ronaldu.

Torino –Sirigu (Ichaso, 20), Icco, Nkulu, Djidji, Rinkon, Ayna (Berenger, 85), Ansaldi (Paridjini, 75), Bazelli, Meyte, Dzadza, Belotti.

Yuventus – Perin, De SHilo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Djan, Pyanich, Matyuidi, Dibala, Mandjukich, Ronaldu.

Ogohlantirish:Dzadza (27), Pyanich (48), Djan (51), Ronaldu (70), Ansaldi (72), Perin (90).

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 30