logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:03
KirishA'zo bo'lish
Klublar o‘rtasidagi JCh. "Al-Ayn" ham yarim finalda

16 DEKABR, 06:38 164

Bundan biroz oldin klublar o‘rtasidagi JCh chorak final o‘yini o‘z nihoyasiga etdi.

Unda mezbon mamlakat - BAA chempioni "Al-Ayn" klubi Afrika Chempionlar ligasi g‘olibi, Tunisning "Esperans" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Al-Ayn shahridagi "Hazza bin Zayed" stadionida kechgan uchrashuvda maydon egalari 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Muhammad Ahmad, Xussayn Al-Shahat va Bandar Mahdilar mualliflik qilishdi.

Shu tariqa qit’adoshlarimiz yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Endi ular final uchun Libertadores kubogi g‘olibi - "River Pleyt"ga qarshi maydonga tushishadi.

Klublar o‘rtasidagi JCh. Chorak final
"Al-Ayn" (BAA) - "Esperans" (Tunis) 3:0

Gollar:Ahmad (2), Al-Shahat (16), Mahdi (60).

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 27