logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:17
KirishA'zo bo'lish
Inesta «Barselona»ga keldi

11 DEKABR, 08:56 137

.


«Barselona» sobiq yarimhimoyachisi Andres Inesta Kataloniya klubi bazasiga tashrif buyurdi.

Ayni paytda Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubi sharafini himoya qilayotgan 34 yoshli ispan sobiq jamoadoshlari bilan uchrashib, mashg'ulotlar jarayonini kuzatgan.

.


Eslatib o'tamiz, Inesta 2006-2018 yillar mobaynida «ko'k-anorrang» libosda to'p surgan, shu yil bahorida yapon klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan. Mish-mishlarga qaraganda, u yiliga 30 mln evro maosh oladi.

«Barselona» bugun EChL guruh bosqichining so'nggi turidagi «Tottenhem»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00da boshlanadi.

.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 26