logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:53
KirishA'zo bo'lish
«Real»ning klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarimfinalidagi raqibi malum bo'ldi

15 DEKABR, 20:27 173

Birlashgan Arab Amirliklarida klublar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Unda Janubiy Amerikadan «River Pleyt» (Argentina), Evropadan «Real Madrid» (Ispaniya), Osiyodan «Kashima Antlers» (Yaponiya), Afrikadan «Esperans» (Tunis), Shimoliy Amerikadan «Gvadalaxara» (Meksika), Okeaniyadan «Vellington» (Yangi Zelandiya) va mezbon vakili sifatida «Al-Ayn» (BAA) klublari ishtirok etmoqda.

Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubi chorakfinalda Meksika chempioni «Gvadalaxara» bilan bellashib, 3:2 hisobida g'alaba qozonib, sensaTsiya yuzaga keltirdi. Endi yaponiyaliklar yarimfinalda «Real»ga qarshi maydonga tushadilar.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati - 2018

Saralash bosqichi

12 dekabr

Al-Ayn (BAA) - Velington (Yangi Zelandiya) - 3:3 pen. 4:3

Gollar: Shiotani (45), Dumbiya (49), Berg (85) – Barsia (11), Klephem (15), Ilich (44)

Chorakfinallar

15 dekabr

Kashima Antlers (Yaponiya) - Gvadalaxara (Meksika) - 3:2

Gollar: Nagaki (49), Serxio (69 pen), Abe (84) – Saldivar (3), Pulido (90+4)

15 dekabr, 19:30

Esperans (Tunis) – Al-Ayn (BAA)

5-o'rin uchun bahs

18 dekabr, 16:30

Gvadalaxara (Meksika) - chorakfinalda mag'lub bo'lgan jamoa

Yarimfinallar

18 dekabr, 19:30

River Pleyt (Argentina) – Esperans (Tunis)/Al-Ayn (BAA)

19 dekabr, 19:30

Kashima Antlers (Yaponiya) - Real Madrid (Ispaniya)

3-o'rin uchun bahs

22 dekabr, 16:30

Final

22 dekabr, 19:30

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 30