logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:16
KirishA'zo bo'lish
Gvardiola «Manchester Siti»ni EChL favoritlari qatoriga qo'shmayapti

11 DEKABR, 08:54 131

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'z jamoasini Chempionlar ligasi favoriti emas, deb hisoblamoqda.

«Odamlar Chempionlar ligasi, Chempionlar ligasi deyaverishgani bilan biz unda favoritlar qatoriga qo'shilib qolmaymiz. EChL – natijalarini oldindan mutlaqo taxmin qilib bo'lmaydigan musobaqa. Biz faqatgina avvalgidek saviyada o'ynashda davom etishimizga kafolat bera olamiz.

APLdagi raqobat haqida menga gapirmasangiz ham bo'ladi. Siz va sizning tahlilchilaringiz doimo «Siti»ni engib bo'lmas klub, fevraldayoq chempionlikni hal qilib qo'yishga qodir mukammal jamoa deb tariflaysizlar. Bu gapni har biringiz aytgansiz. Hech qaysi murabbiy ham, hech qaysi futbolchi ham va hech qaysi klub ham bunday demagan. O'tgan mavsumda nimagaki erishgan bo'lsak, tahsinga sazovor o'yinimiz orqali uddalaganmiz», - degan Gvardiolaning so'zlarini chop etdi The Independent.

Eslatib o'tamiz, shanba kuni «shaharliklar» «Chelsi» maydonida ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Klub ertaga EChL guruh bosqichi so'nggi turini «Hoffenhaym»ga qarshi o'tkazadi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21