logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:31
KirishA'zo bo'lish
Modrich: «Simeone «Real» va uning futbolchilari obro'sini tushirishga urinmoqda»

15 DEKABR, 18:07 160

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone so'zlariga izoh berdi.

Avvalroq, argentinalik mutaxassis «Real» tarkibida to'p tepadigan futbolchilarning «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishi osonligini aytgan edi.

«Tushunaman, Simeone o'z futbolchisi Antuan Grizmanning yonini olyapti. Ammo u har doim «Real» va uning futbolchilari obro'sini tushirishga harakat qilgan. Bizning g'alabalarimizda har doim tashqi omillarni izlashga urinishadi.

Shubhasiz, men «Atletiko», Simeone va jamoa muxlislarini hurmat qilaman. Bizni mag'lub etishganida har doim ularni tabriklaganmiz, mag'lubiyatni qabul qilganmiz. Ammo, bizning yutuqlarimiz, xususan «Atletiko» ustidan Chempionlar Ligasi finalida qozonilgan g'alabalar «Real»ning favorit ekaniga yaqqol dalildir», - deb Modrich so'zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 29