logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:39
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Al-Hilol" "PSJ"ga Verratti bo'yicha yaxshilangan taklifni yubordi

 8 AVGUST, 2023, 14:00

"Al-Hilol" "PSJ" yarim himoyachisi Marko Verratti bilan shartnoma imzolash ustidla ishlashda davom etmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Saudiya Arabistoni jamoasi o'z taklifini 45 million evrogacha oshirgan. Eslatib o'tamiz, avvalroq frantsuzlar italiyalikni 30 millionga sotishdan bosh tortgan edi.

Manbaning ta'kidlashicha, "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi haligacha yangi shartlarda sotish taklifini qabul qilishni istamayapti. "Al-Hilol" hali 45 million evrodan ko'proq taklif qilish kerak, aks holda Verratti katta ehtimol bilan "PSJ"da qoladi.

Markoning o'zi allaqachon "Al-Hilol" bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma shartlarini kelishib olgan. "PSJ" futbolchi uchun 60-70 million evro so'ramoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR