"Chelsi"ning yangi futbolchisi operatsiya qilinadigan bo'ldi
8 AVGUST, 2023, 14:00
Londonning "Chelsi" klubiga yangi kelib qo'shilgan hujumchi Kristofer Nkunku jiddiy jarohat olgani haqida xabar bergandik.
Jurnalist Jeykob Shtaynberg xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida tizzasidan jarohat olgan. Futbolchi endi tizzasidan jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo'lib, un bir necha oy maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Nkunku mavsumoldi mashg'ulotlarida "Chelsi" safida 3 ta gol urgan edi. Futbolchi "ko'klar"ga "Leyptsig"dan 60 million evro evaziga ko'chib o'tgan.
Nkunku o'tgan mavsumda Bundesliganing eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'lib, "Oltin butsa"ni "Verder" futbolchisi Niklas Fyullkrug bilan bo'lishib olgandi. Har ikki futbolchi chempionatda 16 tadan gol urishga erishdi.