logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:43
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ispaniyalik mutaxassis Belarus terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi

 8 AVGUST, 2023, 13:33

Ispaniyalik Karlos Alos Ferrer Belarus terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Yaqin vaqtgacha 48 yoshli Alos Ruanda terma jamoasini boshqarib kelgan va yangi ish uchun ikki yillik shartnomani buzgan, deb xabar bermoqda Belarus sport va turizm vazirligi matbuot xizmati.

Mutaxassis bilan shartnoma uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yil oxirigacha hisoblangan.

Bungacha Alos Qozog'istonning 17 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan, shuningdek, Polshaning “Pogon”, Qozog'istonning “Qayrat”, Marokashning FAR, Qatarning “Qatar SK” va Kiprning “Enosis” klublariga ustozlik qilgan. Uning qo'l ostida 2017 yilda «Qayrat» Qozog'iston kubogi sohibiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR