logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:27
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Kolo-Mauni "PSJ"ga o'tmoqchi

 8 AVGUST, 2023, 13:22

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani ushbu transfer oynasida faoliyatini qaerda davom ettirmoqchi ekanligiga qaror qildi.

Insayder Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi "PSJ"ga o'tmoqchi.

Parijliklar jamoasi Gonsal Ramush bilan yaqinda tuzilgan shartnomaga qaramay, Randalning transferiga jiddiy yondashadi, uning transferi bonuslarni hisobga olgan holda kelajakda "PSJ"ga 85 million evroga tushishi mumkin.

Avvalroq, "Ayntraxt" Kolo-Muani uchun 100 million evro so'ragani xabar qilingandi. Randal Bundesligada bir mavsum o'tkazdi va u 15 gol va 11 golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR