logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bernardu "Siti"ning yangi taklifini qabul qiladi

 8 AVGUST, 2023, 12:22

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Xosep Gvardiola jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 28 yoshli portugaliyalik yangi shartlarda maoshi sezilarli darajada oshadi.

Silvaning yangi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. "Manchester Siti" "Barselona" qiziqish bildirayotganiga qaramay, yarim himoyachini o'zida saqlab qolmoqchi. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola portugaliyalikni o'z jamoasining asosiy o'yinchilaridan biri deb biladi.

Bernardu 2017 yildan buyon “Manchester Siti” safida to'p tepadi. U klub bilan 5 marta Premer-liga va Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR