logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:18
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Yuventus" "Chelsi"ga yon berishga tayyor

 8 AVGUST, 2023, 12:22

Turinning "Yuventus" klubi Londonning "Chelsi" jamoasi bilan hujumchilar almashinuvi borasida muzokaralarda yon berishga tayyor. Eslatib o'tamiz, "keksa sinora" "aristokratlar"ga Romelu Lukaku va ma'lum qo'shimcha haq evaziga o'z hujumchisi Dushan Vlaxovichni bermoqchi.

Oldinroq "Yuventus" "Chelsi"dan qo'shimcha 50 million evro talab qilayotgani xabar qilingandi, biroq Tuttosport xabariga ko'ra, "keksa sinora" allaqachon bu talabni pasaytirishga tayyor. Manbaning ta'kidlashicha, hozirda "Yuventus" narxini 35 million evroga tushirgan.

"Chelsi" rahbariyatini Vlaxovich hayratda qoldiradi, ammo bosh murabbiy Maurisio Pochettino jamoada serbni ko'rishni istamaydi. Shunga qaramay, muzokaralar davom etmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR