logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:19
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Bavariya" yozda bo'lmasa, qishda Keynni qo'lga kiritishga urinadi

 8 AVGUST, 2023, 12:11

"Bavariya" "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn transferini 2024 yilning qishiga ko'chirishi mumkin, deb xabar beradi Sport1.de.

Manbaga ko'ra, myunxenliklar rahbariyati londonliklar klubi bilan angliyalik futbolchining xaridi tafsilotlari bo'yicha kelisha olmayapti. Yanvar oyiga qadar "Bavariya" markaziy hujumchi Matis Teldan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Transfermarkt.com portali futbolchini 90 million evroga baholamoqda.

Oldinroq "Bavariya" yiliga 20 million evro maosh oladigan hujumchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyorligi xabar qilingandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR