logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:13
KirishA'zo bo'lish
Skolari Argentinaning eng sovrindor klubiga bosh murabbiy bo'lishi mumkin

15 DEKABR, 16:15 125

Braziliyalik mutaxassi Luiz Felipe Skolari «Boka Xuniors» bosh murabbiyi aylanishi mumkin. Bu haqda Ole nashri xabar bermoqda.

70 yoshli murabbiy ayni vaqtda «Palmeyras» klubiga ustozlik qilmoqda. U yakunlangan mavsumda jamoasini Braziliya chempionligi sari etaklab bordi. San-Paolo shahri jamoasi eng yaqin taqibchisi «Flamengo»ni 8 ochkoga ortda qoldirdi.

Qayd etilishicha, Skolari klubi bilan 2020 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga ega.

Shu bilan birga, «Bunyodkor»ning sobiq ustozi «Boka Xuniors» bosh murabbiyligi uchun yagona nomzod emas. Buenos-Ayres klubi rahbariyati Xose Pekerman, Migel Anxel Russo va Antonio Muhammad kabi mutaxassislarni ham o'rganib chiqmoqda.

Malumot uchun, «Boka Xuniors» Argentinaning eng ko'p rasmiy sovringa ega klubi hisoblanadi. Jamoa yakshanba kuni Libertadores kubogi finalining javob o'yinida «River Pleyt»ga engilib, sovrinni boy bergan edi. Shundan so'ng bosh murabbiy Gilermo Skelotto lavozimini tark etdi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 22