logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:22
KirishA'zo bo'lish
«Chelsi»ning ishonchi komil: APL to'purarlaridan biri 30mln funtga sotib olinadi

15 DEKABR, 15:27 243

«Chelsi» kelasi oy «Bornmut» hujumchisi Kallum Uilsonni sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi Daily Express.

Nashrga ko'ra, londonliklar 26 yoshli futbolchini 30 mln funt evaziga qo'lga kirita olishlariga ishonmoqda.

Uilson yaqinda kichik jarohatidan forig' bo'lib safga qaytgan. Ammo bunga qadar APLning ushbu mavsumida 15ta o'yin o'tkazib, 8ta gol urishga va 5ta golga hammualliflik qilishga ulgurgan edi.

Umuman, Kallum 2014 yilda «Bornmut» safiga o'tganidan buyon jami 132 o'yinda 52ta gol urgan. Klub so'nggi beshta o'yindan to'rttasida mag'lub bo'ldi, shu boisdan hujumchini o'z tarkibida saqlab qolishga zo'r berib urinishiga to'g'ri keladi. Tomonlar o'rtasidagi bitim 2022 yil yozigacha mo'ljallangan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 26