logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:39
KirishA'zo bo'lish
Ikardining «Inter»dagi kelajagi borasida yakuniy qarorga kelindi

15 DEKABR, 15:27 244

«Inter» hujumchi Mauro Ikardi bilan yangi bitim shartlari borasida kelishuvga erishdi.

Italyan matbuotiga ko'ra, o'yinchining rafiqasi va agenti Vandra Nara tomonlar barcha masalalarda kelishib olishganini tasdiqlagan.

Norasmiy manbalarga ko'ra esa shartnoma muddati 2023 yilgacha mo'ljallanmoqda. Unga ko'ra futbolchining maoshi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 7 million evroni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, muzokaralar ancha uzoq vaqt davom etgan.

25 yoshli Mauro 2013 yildan buyon «neradzurri» sharafini himoya qilib keladi. U joriy mavsumda A Seriyaning 12 o'yinida qatnashib 8+2 mahsuldorlik natijasiga erishgan. EChLda esa 6 uchrashuvda maydonga tushib 4ta gol muallifi bo'ldi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 30