logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:44
KirishA'zo bo'lish
Tezroq jamoani o'zgartiring janob hujumchi!

16 YANVAR, 16:10 1057

.


Hujumchi chinakamiga porlashi uchun o'ziga mos va oldiga yuqori maqsadlar qo'ygan jamoada to'p surishi shart. Darhaqiqat, bugungi kunga kelib bir nechta top darajadagi hujumchilar borki, kuchli jamoalarda hech qanday muammosiz qo'nim topishi mumkin. Bugun tezroq jamoasini alamashtirishi kerak bo'lgan futbolchilar haqida so'z boradi.


Per-Emerik Obameyang (Gabon, «Arsenal», 30 yosh)



Bu erda izohga xojat ham yo'q. “Arsenal”ning bir nechta o'yinini tomosha qilsangiz kifoya. Qo'pol qilib aytganda gabonlik futbolchi “Arsenal”ning saviyasida biroz balandroqdek ko'rinmoqda. Tog'ri, u Tieri Anri darajasida emas, biroq u ham Anri singari afsonasviy futbolchi bo'lishi mumkin edi. Agar, Gabonni emas, Frantsiyani tanlaganida, katta ehtimol bilan Jirudagi JCh oltin medallari unikiga aylangan bo'larmidi? Qahramonimiz APLdagi ilk mavsumda o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q. Shunchaki bu mavsumda "Arsenal" o'zini o'nglay olmayapti. Obameyangni juda kech kashf etilganini inobatga olsak, o'z faoliyatini qayta yo'lga qo'yish uchu etarlicha vaqt mavjud.


Mussa Dembele (Frantsiya, «Lion», 23 yosh)



Agarda, Drogba o'z faoliyatining so'nggiga qadar “Marsel”da to'p surganida qandayir sovrinni boshi uzra ko'targan bo'larmidi? Zamonaviy futbolda Frantsiya chempionatida uzoq qolishdan hech qanday naf yo'q. Boz ustiga Dembeleda Britaniyada to'p surish (Avval “Seltik” sharafini himoya qilgan) tajribasi mavjud. Ayni damda unga London va Manchester shaxarlarining klublari qiziqish bildirmoqda. U o'z karierasini barbod qilishni istamsa, tezda jamoasini o'zgaritirishi talab etiladi. Endigina 23 yoshga to'lgan iqtidorli hujumchi “Liga 1” musobaqasining 9-o'rinida boruvchi jamoada to'p surmasligi lozim. Agarda, Frantsiya futbolida uzoqroq qolib ketsa, keyinchalik unga “Aston Villa”dan ham taklif kelib tushmasligi mumkin.


Serdar Azmun (Eron, «Zenit», 25 yosh)




Dzyuba “Zenit”ning faxriga aylanib bo'ldi. Uni hech qaerga qo'yib yuborishmaydi. Bu aniq. Eldor Shomurodov haqida ham shunday deyishimiz mumkin. Uni “Rostov” nemislar 10 million evro to'lamasa qo'yib yubormaydi. Bundan tashqari, Eldorning o'zi ham Karpin qo'l ostida o'zini yaxshi his qilayotgani hech kimga sir emas. RPLdagi yana bir top hujumchi Serdar Azmun borasida bunday deya olmaymiz. Eronlik futbolchi tezroq Rossiyani tark etishi kerak. Agarda, qo'rqoqlik qilib Rossiyada qolsa, o'z karierasining oyog'iga bolta bilan zarba berdi deyavering! Vaqt o'tib bormoqda. Bir paytlar Eronlik Messi laqabi bilan Rossiyaga kelgan futbolchi ikkinchi Inzagiga aylandi. Bundan tashqari, bugungi kunda engil va chaqqon harakatlarini yo'qotganicha yo'q. “Zenit”da u zerikib qolayotganiga Shubham yo'q. U juda ham iqtidorli futbolchi. Bundan tashqari, stabil ekanligini ham inobatga olsak, uni qo'rqmay kuchli beshlik klublaridan birida ko'rishimiz kerak. Afsuski, Azmunning xarakteri pand berib qo'yishi mumkin. U maydonda jangchi emas. Unga doimmo kuchli sheriklar va murabbiyning yordami kerak.


 


Kilian Mbappe (Frantsiya, PSJ, 21 yosh)


 


Anri, Zidan, Kopa, Platini singari mega yulduzlar uzoq ushlanib qolmagan Frantsiya chempionatida to'p surishdan qanday naf chiqarish mumkin Killian? Frantsiyaning birorta buyuk futbolchisi o'z yurtida to'p surmagan desak, adashmagan bo'lamiz. Tarixga nazar solsangiz, Zidan ham Anri ham o'zlariga kelib tushgan birinchi taklifdayoq kuchliroq chempionatlarga yo'l olishgan. Mbappeda ham Frantsiyaning buyuk futbolchilari qatoriga qo'shilish imkoniyati mavjud. Buning uchun yuqorida nomi zikr qilinganlar singari faqat va faqat g'oliblik uchun maydonga tushadigan, o'z o'yin falsafasiga ega jamoalardan biriga o'tish lozim. Bugungi kunda Mbappeni qo'lga kiritish sayyoramizning atigi 3 ta jamoasining qo'lidan keladi. “Real”, “Barsa” va “Manchester Siti”. Mbappe kelajakda “oltin to'p”ni qo'lga kiritishni va tarixdan joy olishni istasa tezroq chemodanlarini yig'ishi kerak.


Xarri Keyn (Angliya, «Tottenxem», 26 yosh)



Afsuski, Xarri bu ro'yxatdagi yigitlar orasida ketishga biroz kech qolganlardan biri desak, “Tottenhem” muxlislari to'g'ri tushunadi degan umitdamiz. Angiliyalik futbolchi yaqindagina jarohat olganidan xabaringiz bor. Uning birorta sovrinni qo'lga kiritmagani haqida ortiqcha so'zlab o'tirishga xojat yo'q. Shundoq ham bundan xabaringiz bor. U hozirgi darajasidan ancha o'sishi mumkin edi, biroq o'z vaqtida ketishni uddalay olmadi. To'g'rirog'i ketishiga yo'l qo'yishmadi. Ayni damda u Angliyaning eng yaxshi futbolchisi ham emas. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra bu sovrin Jordan Hendersonga nasib etdi. Keyn esa, Sterlingdan so'ng uchinchi bo'ldi xolos. Afsuski, bugungi kunga kelib uning o'yini singari transfer qiyamtida ham pasayish kuzatilmoqda. Shunday bo'lsada, barchasini o'ngalash uchun unda “Evro 2020” musobaqasi mavjud. Hujumchi bir nechta gol kiritishni uddalasa, qarabsizki o'z qiymatini tiklashi va APLning birort top jamoasidan joy olishi hech gap emas.


 


So'yloq Ronaldo PSVda uzoq qolmagni singari Ibrahmovich ham 2019-yilga qadar “Ayaks” sharagini himoya qilgani yo'q. Bu yigitlar ham yutuqlar katta o'zgarishlar ortidan kelishini anglab etishi va yangi chaqiruvlarga labbay deb javob berishlari shart.


Manba: Maydon.ru

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21