logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:56
KirishA'zo bo'lish
«Liverpul» navbatdagi transfer uchun 125 million sarflamoqchi?

16 YANVAR, 15:55 749

.


Germaniyaning «Bayer» klubi futbolchisi Kay Xaverts  «Liverpul» klubiga rekord summaga ko'chib o'tishi mumkin.


El Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Yurgen Klopp 20 yoshli hamyurti uchun 125 million evro to'lashga tayyor.


Avvalroq, futbolchiga «Bavariya», «Barselona» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirayotgani, «Bayer»  Xaverts uchun 90 million evro talab qilayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.


Agar ushbu transfer amalga oshadigan bo'lsa, u holda bu ikki klub uchun ham rekord summa sanaladi. «Liverpul» klubi tarixidagi eng qimmat futbolchis Virdjil van Deykhisoblanib, u 2017 yili «Sautgempton» klubidan 85 million evroga sotib olingan. «Bayer» klubining eng qimmat sotilgan futbolchisi Son Xiin-Min hisoblanib, u 2015 yili «Tottenxem» klubiga 30 million evroga sotilgan.


Manba: Maydon.ru

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21