logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:58
KirishA'zo bo'lish
Lineker Angliya Kubogiga o'zgartirish kiritish taklifini berdi

16 YANVAR, 15:50 785

.


Angliya terma jamoa, «Lester» va «Barselona» klublari sobiq hujumchisi Gari Lineker Angliya Kubogi formatini o'zgartirish taklifini o'rtaga tashladi.


— Bu qarama-farshi bo'lishi mumkin, lekin men Angliya Kubogidagi qayta o'yinni bekor qilgan bo'lar edim, — deb post qoldirdi Lineker o'zining “Twitter”dagi rasmiy sahifasida. — 90 daqiqalik o'yin va penalti, hech qanday qayta o'yinsiz. Bu tarixdan oldingi reglament. O'yinni qayta o'tkazish bekor qilish yosh jamoalarning imkoniyatini oshirgan bo'lar edi.Bu odat qolgan yagona davlat bizmiz!


Eslatib o'tamiz, Angliya Kubogi reglamentiga asosan, durang natijasi qayd etilgan o'yinlar qaytadan o'tkaziladi.


Angliya Kubogi 1871 yildan beri o'tkaziladi va dunyo futbolining eng qadim turniri sifatida tilga olinadi.


Manba: Maydon.ru

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 14