logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:29
KirishA'zo bo'lish
“Andijon” navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida ham g'alaba qozondi

15 YANVAR, 15:05 743

.


Mavsum-2020ga tayyorgarlikni Yangier shahrida olib borayotgan “Andijon” jamoasi bugun “Yangier” klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.


Ushbu bahsning birinchi bo'limida Aleksandr Xomyakov quyidagi tarkibni maydonga tushirdi:


“Andijon”: Mirzohid Mamatxonov, Xushnud Avilov, Muhammad Yo'ldoshev, Oybek Abdug'afforov, Usmonali Ismonaliev, Qahramon Bahodirov, Sardor Azimov, Davron Isoqov, Siroj Meliev, Abdulloh Olimov, Baxtiyor Qosimov.


Zahiradan maydonga tushganlar: Arslon Ahrorov, Artur Mamatkazin, Islom Mamatkazin, Asilbek Azizov, Farhod Miraxmatov, Rustam Abdulhamidov, Farhod Bekmuratov, Doniyor Abdumannopov, Doniyor Ismoilov, Robbimjon Hasanov, Artyom Litvyakov.


Uchrashuvda “Andijon” jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Birinchi bo'limda Baxtiyor Qosimov penaltidan hisobni ochdi. Birinchi bo'lim oxirlarida “Yangier” futbolchilari 11 metrli jarima to'pini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.


Ikkinchi bo'limda Farhod Bekmuratov va Artyom Litvyakovlarning kiritgan gollari “Burgutlar”ga 3:1 hisobida g'alabani taqdim etdi.


Endi jamoamiz keyingi o'rtoqlik uchrashuvini 18 yanvar kuni Qo'qonning “Qo'qon1912” jamoasiga qarshi Toshkent shahrida olib boradi.


Manba: Maydon.ru

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 22