logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:38
KirishA'zo bo'lish
«Barselona» «Jirona» bilan o'yinni AQShda o'tkazish istagidan oxiri voz kechdi

11 DEKABR, 08:19 96

«Barselona» Ispaniya chempionati 21-turi doirasidagi «Jirona»ga qarshi o'yinni Mayamida o'tkazmaydigan bo'ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti malum qilgan.

La Liga o'yinlarining malum qismini xorijda o'tkazish g'oyasini Primera rahbariyati maqullagan, ammo FIFA, UEFA, Ispaniya futbol federaTsiyasi va futbolchilar kasaba uyushmasi, shuningdek, hukumat ham bunga qarshi chiqmoqda.

Klub bayonotida takidlanishicha, «Barselona»ning Mayamida o'yin o'tkazishi ehtimoli hamon mavjud, ammo barcha manfaatdor tomonlar bu borada yakdil kelishuvga erishmagunga qadar g'oyani amalga oshirib bo'lmaydi.

Shu tariqa, «Jirona»-«Barselona» bahsi 2019 yil 27 yanvarida Jironadagi «Minisipal de Montilivi» stadionida o'tadigan bo'lgan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 26